Gucci bayram kolleksiyasi kampaniyasini namoyish etdi

Reklama yuzlari Kendall Jenner va Jessica Chastain bo‘ldi

Fotо: Instagram / Gucci

Gucci moda uyi Kendall Jenner, Jessica Chastain va boshqalar ishtirokida yangi bayram kolleksiyasi kampaniyasini taqdim etdi. Suratga olishni Marcell Rev amalga oshirdi, stilizatsiya bilan Francesca Burns shug‘ullandi.

 

“Gucci Gift” bayram reklama kampaniyasi to‘rt qismdan iborat bo‘ladi. Ularning birinchisi “Savoydan hikoyalar” deb nomlanib, sovg‘a g‘oyasini beruvchi va oluvchi o‘rtasidagi samimiy almashish sifatida qayta talqin qiladi. Gucci Valigeria sayohat aksessuarlari va Gucci Bamboo 1947 sumkasi kabi moda uyining ramziy mahsulotlari birinchi o‘ringa chiqadi.

Yangi kolleksiyani Gucci rasmiy veb-saytidan buyurtma qilish mumkin.

Maqolani baham ko'ring

Related articles