Tiffany & Co. bayramona kampaniyasini taqdim etdi
Bosh rolda Anya Taylor-Joy
Tiffany & Co. zargarlik uyi “With Love, Since 1837” (“1837-yildan buyon sevgi ila”) nomli yangi bayramona kampaniyasini taqdim etdi. Bosh rolni Anya Taylor-Joy ijro etgan.
Suratga olish ishlari Nyu-York ko‘chalari manzarasida o‘tkazildi. Filmni rejissyor Jonas Lindstrem suratga olgan. Fotosuratlar uchun Karlin Jeykobs mas’ul bo‘ldi.
Kolleksiyaga zargarlik buyumlari va uy jihozlari kiritilgan. Bayramona to‘plam Tiffany & Co. brendining rasmiy veb-saytida mavjud.