Louis Vuitton 2025-yilgi bahor-yoz pre-kolleksiyasini namoyish etdi
Brend itlar uchun aksessuarlarni ham taqdim etdi
Louis Vuitton modalar uyi 2025-yilgi bahor-yoz pre-kolleksiyasini namoyish etdi. Erkaklar kiyimlari to‘plami bilan bir qatorda brend itlar uchun aksessuarlar – Dog LVers’ni ham taqdim etdi.
Ular orasida Louis Vuitton’ning klassik kanvasidan tayyorlangan tizginlar, bo‘yinbog‘lar, shleykalar, metall idishlar, qora baxmaldan tikilgan mini-beretlar va moda uyining monogrammasi tushirilgan bandanalar bor.
Bundan tashqari, pahmoq kompanyonlar brendning yangi reklama kampaniyasida bosh rollarni ijro etishdi.
Yangi mahsulotlarni Louis Vuitton brendining rasmiy veb-saytidan xarid qilish mumkin.