Zara soch parvarishi vositalarni taqdim etdi
Sartarosh-stilist Gvido Palau bilan hamkorlikda
Zara mashhur sartarosh-stilist Gvido Palau bilan hamkorlikda sochlarni parvarish qilish vositalaridan iborat "Shine" to‘plamini ishlab chiqardi. To‘plam tarkibiga Shine Texture Cream, Shine Mist, Shine Blow Dry Spray va Shine Oil mahsulotlari kiritilgan.
Ko‘p funksiyali soch uslublash kremi Shine Texture Cream jingalakl sochlarni shakllantiradi, gajak sochlarni tartibga soladi va ularga yorug‘lik beradi. Shine Blow Dry Spray sochlarni namlab, issiqlik ta’siridan himoya qiladi. Shine Oil moyi soch turmagiga porloq ko‘rinish va silliqlik beradi, bunda sochlarni og‘irlashtirmaydi.
Zara brendining rasmiy veb-saytida Shine to‘plamini buyurtma qilish imkoniyati mavjud.