Jacquemus yangi reklama kampaniyasini namoyish etdi
Brend qishki kolleksiyadan mahsulotlarni taqdim qildi
Jacquemus moda uyi yangi ijodiy reklama kampaniyasini taqdim etdi. Brend qishki kolleksiyadan mahsulotlar: choynaklar ustidagi qalpoqchalar, cho‘tkalar ustida aylanayotgan sumkalar va quritgichlarda osilib turgan kurtkalarni ko‘rsatdi.
Yangi kolleksiyadagi mahsulotlarni Jacquemus brendining rasmiy veb-saytida buyurtma berish mumkin.