Miu Miu “Upcycled 2024” kolleksiyasini taqdim etdi

Unga kiltlar, jun sviterlar, charm kurtkalar va boshqa mahsulotlar kiritilgan

Foto: Instagram / miumiu

Miu Miu modalar uyi “Upcycled Holiday 2024: The Making Of” kolleksiyasini namoyish etdi. Kolleksiyaga turli xil  ranglaridagi tartan kiltlar, to‘rsimon ustki kiyimlar, applikatsiyali charm kurtkalar, jun sviterlar, pomponli qalpoqchalar va to‘qilgan Wander sumkalari kiritilgan.

 

To‘plam to‘rtta original g‘oyani o‘z ichiga oladi: butun dunyo bo‘ylab yig‘ilgan qayta ishlangan charm; 1950-70-yillardagi kiltlar; rang palitrasiga e’tibor qaratgan holda brend arxivi qoldiqlaridan olingan ip; va qora shantiliya to‘ri asosida yaratilgan Upcycled kashta.

Har bir buyum o‘zining alohida tarixi va kelib chiqishiga ega bo‘lib, yaxlit bir obrazni hosil qiladi.

 

“Upcycled Holiday 2024” kolleksiyasini Miu Miu rasmiy veb-saytidan buyurtma qilish mumkin.

Maqolani baham ko'ring

Related articles