Rimda Memorabile.Ipermo ko‘rgazmasi ochiladi
Ko‘rgazmaga Mariya Luiza Friza kurator etib tayinlandi
Rimdagi XXI asr milliy san’at muzeyida (MAXXI) zamonaviy modaga bag‘ishlangan Memorabile.Ipermo ko‘rgazmasi ochiladi. Ekspozitsiya moda sohasidagi mualliflik yondashuvlari va yangi texnikalarning o‘zaro aloqadorligi, iqtisodiyot va boshqa hodisalarning ijodiy olamga ta’sirini tadqiq etadi.
“Hozirgi murakkab davrda ko‘rgazma hech qachon yechim topilmagan masalalarni ko‘tarmoqda. Moda sanoati misli ko‘rilmagan o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda, moda markazida ilgarigidek kiyim-kechak emas”, – deydi ko‘rgazma kuratori Mariya Luiza Friza.
Ko‘rgazmada Gucci, Valentino, Versace, Balenciaga va boshqa moda uylarining mahsulotlari, fotosuratlari, kataloglari namoyish etiladi. Ko‘rgazma Italiya milliy moda palatasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, Fondazione Bulgari homiylik qilmoqda.
Memorabile.Ipermo ekspozitsiyasiga 27-noyabrdan 25-martgacha tashrif buyurish mumkin.