Charuel: har bir tafsilotda intelektual ayollik

Ayollarni o‘ziga ishonchli va takrorlanmas bo‘lishga ruhlantiruvchi brend endi Toshkentda

28 Noy 2024
Foto: Charuel

Charuel zamonaviy yondashuv bilan nafislik uyg‘un ravishda birlashgan uslubni yaratish orqali shaxsiy o‘ziga xoslikni namoyon etishga yordam beradi. 25 yildan buyon Charuel jamoasi kiyim yaratish san’atini har bir detalga e’tibor qaratgan holda takomillashtirmoqda. Brend klassikadan ilhom olib, uni zamonaviy hayot sur’atiga moslaydi, shu tariqa har bir buyum uning egasi xarakteri, kayfiyati va uslubining ifodasi bo‘ladi.

Charuel falsafasi kundalik qiyofalarida qulaylik va nafislikni uyg‘unlashtirmoqchi bo‘lgan ayollarning ehtiyojlarini tushunishga asoslanadi. Brend mahsulotlari garderobga oson kirib boradi, ishga oid uchrashuvlar, dam olish yoki maxsus tadbirlar uchun ko‘p qirrali va zamonaviy uyg‘unliklarni yaratishda yordam beradi.

Foto: Charuel

Charuel’ning har bir mahsuloti oliyjanoblik va nafislikni o‘zida mujassam etadi, bu mukammal bichim, yuqori sifatli tabiiy matolar va nozik tafsilotlarda namoyon bo‘ladi. O‘z dizayn-byurosi va tajriba sexiga ega bo‘lgani sababli, yiliga har biri 12 kapsuladan iborat ikkita kolleksiya yaratish imkonini beradi. Assortimentga qulay trikotaj, denim, dam olish va sport to‘plamlari, shuningdek, aksessuarlar: ipak ro‘mollar, sharf-ro‘mollar, kashmir qalpoqlar, poyabzal va kamarlar kiradi.

Foto: Charuel

Foto: Charuel

Foto: Charuel

Brend past bo‘yli qizlar uchun maxsus “R158” kolleksiyasini ishlab chiqdi, unga ko‘ylaklar, jaketlar, paltolar va trenchlar kiradi. Bu mahsulotlar mukammal o‘tirishini ta’minlash va qomat afzalliklarini ta’kidlash uchun bo‘y xususiyatlariga moslashtirilgan. Garderobning har bir buyumi qulaylik va uslubni ta’minlash, uyg‘un va ishonchli ko‘rinish berish uchun nisbatlarga e’tibor qaratgan holda yaratilgan.

Siluetni vizual ravishda cho‘zuvchi detallarga alohida e’tibor qaratilgan — puxta ishlab chiqilgan bichim chiziqlari, yaxshi joylashtirilgan vitachkalar va buyumlarning maqbul uzunligi.

Foto: Charuel

Endi Charuel Toshkentda ham o‘z o‘rnini topdi. Nafosat ixlosmandlari o‘zlarining betakrorligi va ishonchini ta’kidlovchi liboslarni tanlab olishlari mumkin. Brend har qanday vaziyatga mos keladigan zamonaviy va ko‘p qirrali liboslar taklif etish orqali o‘zlikni namoyon qilishning yangi imkoniyatlarini yaratmoqda.

Manzil: Botir Zokirov ko‘chasi, 7-uy, Tashkent City Mall savdo markazi 1-qavati

Telefon: +99890 371-12-19

Instagram: @charuel.uz

Reklama huquqi asosida

Maqolani baham ko'ring

Related articles