Biarritsdan Sidneyga — Chanel kruiz kolleksiyasini Avstraliyaga olib bormoqda

Chanel 2026/27 kruiz kolleksiyasi sayohatini davom ettirmoqda. Aprel oyidagi Biarrits premyerasidan so‘ng moda uyi takroriy namoyish uchun Sidneyni tanladi — 5-noyabr kuni Barangaruda ikkita taqdimot rejalashtirilgan.

06 Noy 2026

Chanel Cruise 2026/27 Sidney namoyishi. Foto © CHANEL.

Replica show formati avval namoyish etilgan kolleksiyani yangi shaharda taqdim etish va mahalliy auditoriyani u bilan yaqindan tanishtirish imkonini beradi. Bu safar Fransiya sohili Avstraliya bilan uchrashadi — har ikki manzilni okean bo‘yidagi osoyishta hayot maromi birlashtiradi.

Matye Blazi kolleksiyasida bu kayfiyatni erkin siluetlar, to‘qilgan mato va rafiya detallari ifodalaydi. Patlar, baliq tangachalarini eslatuvchi payetkalar va yirik taqinchoqlar kurort garderobiga sahnaviy ruh bag‘ishlaydi.

Hatto taklifnomalar ham dengiz mavzusini davom ettiradi — mehmonlar uchun ichida kit dumi joylashgan chig‘anoq shaklidagi medalyonli kumushrang marjonlar tayyorlangan.

Maqolani ulashish