Sisley Paris: tabiatdan ilhomlangan go‘zallik

Fransuz brendi endi O‘zbekistonda

03 Dek 2024
Suratlarni Sisley Paris matbuot xizmati taqdim etdi

Sisley Paris 1976-yilda Fransiyada graf Yuber D’Ornano tomonidan tashkil etilgan. 40 yildan ortiq vaqt davomida brend cheklangan ishlab chiqarish bilan kichik laboratoriyadan butun dunyo bo‘ylab muxlislar qalbini zabt etgan yetakchi terini parvarishlash brendigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. D’Ornano aslzodalar oilasining har bir a’zosi bu noyob oilaviy ishning qaror topishi va rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shdi.

 “Men Sisley’ga o‘tgan o‘n yilliklarda o‘rganganlarimning eng yaxshisini, otamdan olgan bilimlarim va naslimizning ikki avlodi donoligini singdirdim”, – deya takrorlashni xush ko‘rardi Yuber D’Ornano.

Sisley kompaniyasining asosiy yutuqlaridan biri o‘simlik ekstraktlarining tabiiy samaradorligini ilg‘or ilmiy texnologiyalar bilan birlashtiradigan yo‘nalish – fitokosmetologiyani rivojlantirishda birinchilardan bo‘ldi. Aynan Yuber D’Ornanoning o‘simliklar potensialiga bo‘lgan ishonchi brend falsafasining asosini tashkil etdi:

«“Tabiat go‘zalligi – bu bizning g‘oyamiz”, – degan edi u oila falsafasi va ota-bobolarining donoligidan ilhomlanib.

Yildan yilga Sisley laboratoriyalari o‘simliklardan yanada kuchliroq komponentlar va efir moylarini ajratib olish orqali formulalarni takomillashtirishni davom ettirmoqda. Ushbu tarkiblar ekologik toza va atrof-muhit uchun xavfsiz bo‘lib, terining salomatligi va go‘zalligini saqlashga yordam beradi.

Sifat va xalqaro e’tirof

Sisley vositalari uzoq muddatli ishlab chiqarish va ularning samaradorligini sinovdan o‘tkazish jarayonidan keyingina bozorga chiqadi. Barcha formulalar qat’iy dermatologik va oftalmologik tadqiqotlar, shuningdek, Fransiyaning laboratoriyalari va mustaqil sertifikatlashtirish institutlarida o‘tkaziladigan klinik sinovlardan o‘tadi.Bugungi kunda Sisley mahsulotlari dunyoning 90 dan ortiq mamlakatlarida taqdim etilmoqda va innovatsiyalar hamda kosmetika vositalarining yuqori sifati uchun ko‘plab xalqaro mukofotlarni qo‘lga kiritgan. Brend kolleksiyalariga quyidagilar kiradi:

  • Yuz va tana terisini parvarishlash – barcha turdagi teri uchun ishlab chiqilgan turli xil to‘plamlar
  • Professional soch parvarishi – bu Hair Rituel by Sisley to‘plami bo‘lib, u sochni tiklash va mustahkamlash uchun noyob vositalarni taklif qiladi.
  • Dekorativ kosmetika – parvarishlovchi komponentlar va barqaror pigmentlarga ega vositalar
  • Parfyumeriya – D’Ornano oilasining tarixi va qadriyatlaridan ilhomlangan noyob parfyumeriya kompozitsiyalari.

Har bir Sisley vositasi ilmiy izlanishlar va tabiatni sevishning uyg‘unlashuvi natijasidir, bu brendni go‘zallik sanoatida yetakchiga aylantiradi.

Sisley endi O‘zbekistonda

Afsonaviy fransuz brendi Sisley Paris endi rasman O‘zbekistonda. Tashkent City Mall’dagi Bloom Beauty Shop’dagi Sisley go‘zallik makonida har bir kishi besh qit’ada tan olingan vositalarni o‘zi uchun kashf etishi va brend asoschilari butun umrlari davomida ardoqlab kelgan sevgi tarixidan ilhom olishi mumkin.

Reklama huquqi asosida

Maqolani baham ko'ring

Related articles