Suratlarni Sisley Paris matbuot xizmati taqdim etdi
Sisley Paris 1976-yilda Fransiyada graf Yuber D’Ornano tomonidan tashkil etilgan. 40 yildan ortiq vaqt davomida brend cheklangan ishlab chiqarish bilan kichik laboratoriyadan butun dunyo bo‘ylab muxlislar qalbini zabt etgan yetakchi terini parvarishlash brendigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. D’Ornano aslzodalar oilasining har bir a’zosi bu noyob oilaviy ishning qaror topishi va rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shdi.
“Men Sisley’ga o‘tgan o‘n yilliklarda o‘rganganlarimning eng yaxshisini, otamdan olgan bilimlarim va naslimizning ikki avlodi donoligini singdirdim”, – deya takrorlashni xush ko‘rardi Yuber D’Ornano.
Sisley kompaniyasining asosiy yutuqlaridan biri o‘simlik ekstraktlarining tabiiy samaradorligini ilg‘or ilmiy texnologiyalar bilan birlashtiradigan yo‘nalish – fitokosmetologiyani rivojlantirishda birinchilardan bo‘ldi. Aynan Yuber D’Ornanoning o‘simliklar potensialiga bo‘lgan ishonchi brend falsafasining asosini tashkil etdi:
«“Tabiat go‘zalligi – bu bizning g‘oyamiz”, – degan edi u oila falsafasi va ota-bobolarining donoligidan ilhomlanib.
Yildan yilga Sisley laboratoriyalari o‘simliklardan yanada kuchliroq komponentlar va efir moylarini ajratib olish orqali formulalarni takomillashtirishni davom ettirmoqda. Ushbu tarkiblar ekologik toza va atrof-muhit uchun xavfsiz bo‘lib, terining salomatligi va go‘zalligini saqlashga yordam beradi.
Sifat va xalqaro e’tirof
Sisley vositalari uzoq muddatli ishlab chiqarish va ularning samaradorligini sinovdan o‘tkazish jarayonidan keyingina bozorga chiqadi. Barcha formulalar qat’iy dermatologik va oftalmologik tadqiqotlar, shuningdek, Fransiyaning laboratoriyalari va mustaqil sertifikatlashtirish institutlarida o‘tkaziladigan klinik sinovlardan o‘tadi.Bugungi kunda Sisley mahsulotlari dunyoning 90 dan ortiq mamlakatlarida taqdim etilmoqda va innovatsiyalar hamda kosmetika vositalarining yuqori sifati uchun ko‘plab xalqaro mukofotlarni qo‘lga kiritgan. Brend kolleksiyalariga quyidagilar kiradi:
Yuz va tana terisini parvarishlash – barcha turdagi teri uchun ishlab chiqilgan turli xil to‘plamlar
Professional soch parvarishi – bu Hair Rituel by Sisley to‘plami bo‘lib, u sochni tiklash va mustahkamlash uchun noyob vositalarni taklif qiladi.
Dekorativ kosmetika – parvarishlovchi komponentlar va barqaror pigmentlarga ega vositalar
Parfyumeriya – D’Ornano oilasining tarixi va qadriyatlaridan ilhomlangan noyob parfyumeriya kompozitsiyalari.
Har bir Sisley vositasi ilmiy izlanishlar va tabiatni sevishning uyg‘unlashuvi natijasidir, bu brendni go‘zallik sanoatida yetakchiga aylantiradi.
Sisley endi O‘zbekistonda
Afsonaviy fransuz brendi Sisley Paris endi rasman O‘zbekistonda. Tashkent City Mall’dagi Bloom Beauty Shop’dagi Sisley go‘zallik makonida har bir kishi besh qit’ada tan olingan vositalarni o‘zi uchun kashf etishi va brend asoschilari butun umrlari davomida ardoqlab kelgan sevgi tarixidan ilhom olishi mumkin.
Tetik teri, erkin chizilgan strelkalar, qizil tuslar va nam yaltirash: Stardust suratga olish loyihasida makiyaj va soch turmaklari o‘zgarish tiliga aylanadi.
Fotograf va vizual san’atkor Joseph Cartright soch san’ati ustalari Anne va Joe Chesbro bilan hamkorlikda yaratilgan ikki loyiha hamda hikoya soch turmagi, libos, makiyaj va yorug‘lik orqali qanday shakl olishi haqida so‘zlaydi.
Qisqa uzunlik, yumshoq kvadrat shakl va sutrang pushti tus — Kim Kardashyanning yangi manikyurini ustaga navbatdagi tashrif uchun namuna sifatida saqlab qo‘ygimiz keladi.
ELLE Oʻzbekiston oilasi aʼzosiga aylaning!
ELLE yangiliklariga obuna bo’ling hamda moda va go’zallik olamidagi eng muhim voqealar to’plamini kuzatib boring.