Jacquemus bayram kolleksiyasining ilk tasvirlarini namoyish etdi
Bosh rollarda Demi Murning “Pilaf” laqabli kuchukchasi
Jacquemus brendining ijodiy direktori Simon Port Jakmyus yangi bayram kolleksiyasining dastlabki tasvirlari va anonslarini taqdim etdi. Bosh rolni Demi Murning "Pilaf" laqabli kuchukchasi ijro etgan (inglizchadan tarjima qilinganda “palov” ma’nosini anglatadi). Suratlar muallifi Sofiya Alazraki.
Kolleksiyaga junli sport komplektlari, sviterlar, sharf-ro‘mollar, qishki oyoq kiyimlar, sumkalar va boshqa ko‘plab narsalar kiritilgan.
Bayram kolleksiyasini Jacquemusning rasmiy veb-saytida buyurtma qilish mumkin.