Louis Vuitton o‘zining yangi installyatsiyalarini namoyish etdi

OMA arxitektura byurosidan Sehei Sigematsu rahbarligida

Fotо: instagram / lvmh

Louis Vuitton moda uyi AQShdagi o‘zining eng yirik butigi uchun Nyu-Yorkda yangi installyatsiyalarini namoyish etdi. Ular OMA arxitektura byurosidan Sehei Sigematsu rahbarligida yaratilgan.

 

 90 ta Courrier Lozine sandig‘idan yig‘ilgan to‘rtta haykal brendning to‘rt qavatli savdo maydoni markazida 16 metr balandlikka qad rostlagan. Kompozitsiya Keepall va Speedy sumkalaridan yaratilgan 18 metr uzunlikdagi oynali devor bilan to‘ldirilgan.

Bundan tashqari, to‘rtinchi qavatda Le Café Louis Vuitton qahvaxonasi, Le Chocolat Maxime Frédéric shirinlik do‘koni va 600 ta kitobdan iborat kutubxona joylashgan.

Maqolani baham ko'ring

Related articles