Dries Van Noten’ga yangi ijodiy direktor tayinlandi
Bu lavozimga Julian Klausner tayinlandi
Dries Van Noten yangi ijodiy direktori etib Julian Klausner tayinlanganini e’lon qildi. Dizayner brendning ayollar va erkaklar liniyalari uchun mas’ul bo‘ladi.
Julian 2018-yildan beri Dries Van Noten brendi jamoasining a’zosi bo‘lib, avvalroq u ayollar kolleksiyasining bosh dizayneri (Head of Womenswear Design) lavozimida ishlagan. Bundan oldin u Maison Margiela’da ikki yil davomida kichik dizayner sifatida faoliyat yuritgan.
Brend yangi ijodiy direktori bilan birinchi erkaklar kolleksiyasini 2025-yil yanvarida “lukbuk” formatida taqdim etadi. 2025-yil kuz-qish mavsumining ilk ayollar kolleksiyasini esa u 5-mart kuni Parij moda haftaligi podiumida namoyish etadi.