Elie Saab Shveysariya Alplarida o‘zining ilk mehmonxonasi loyihasini namoyish etdi
Ochilish marosimi 2027-yilga rejalashtirilgan
Elie Saab moda uyi Shveysariya Alp tog‘laridagi Andermatt qishlog‘ida o‘zining birinchi mehmonxonasi - Post Hotel & Residences by Elie Saab loyihasini taqdim etdi. Mehmonxonaning ochilishi 2027-yilga mo‘ljallangan.
“Dizayn-mehmonxona”da jami 21 ta xona mehmonlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xususiy shaxslar sotib olishi mumkin bo‘lgan 19 ta alohida uy ham mavjud bo‘ladi. Majmua hududida, shuningdek, ikkita restoran, sog‘lomlashtiruvchi spa-markaz, yopiq suzish havzasi va fitnes-markaz faoliyat yuritadi.
Loyiha “A++ Group” kompaniyasi tomonidan olib boriladi.