Dior butun dunyo bo‘ylab o‘z butiklarini bezatdi
Bayram mavsumidagi ertaknamo g‘oyalar bilan
Butun dunyo bo‘ylab Dior do‘konlari bayram mavsumiga tayyorgarlik ko‘rib, turli ertaklar mavzusida bezatildi. Vitrinalarning dizayni tashkil etilishida italiyalik rassom Pietro Ruffoning chizmalaridan ilhom olingan.
Gullar va dengiz elementlari bilan bezatilgan vitrinalar 2025-yilgi sayohat kolleksiyasidan mahsulotlarni taqdim etadi. Bu kabi do‘konlarni Nyu-York, Mayami, Seul, Doha, Dubay, Shanxay va Parij kabi shaharlarga tashrif buyurish orqali ko‘rish mumkin.