Zara Madridda o‘zining birinchi kafesini ochdi
Interyer shaharning mavritaniya uyg‘onish davri me’morchiligidan olingan
Zara Madridda o‘zining birinchi Zacaffè nomli kafesini ochdi. Interyer Art Recherche Industrie byurosi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, uning dizayni shaharning mavritaniya uyg‘onish davri me’morchiligidan olingan.
Uch oy ichida kompaniya do‘kon bilan birlashgan tayyor kafe maydonini taqdim etdi. Agentlik asoschisi Ramdan Tuxamiy mijozlarga ichimliklar tortiladigan stakan va finjonlarning dizaynini ham ishlab chiqqan.
Zaraning g‘oyasi “brend ichida brend” yaratishdan iborat edi, shu sababli kafe alohida kirish joyiga ega va faqat do‘kon mijozlari uchun ishlamaydi. Art Recherche Industrie shuningdek, Seul va Osakadagi shunga o‘xshash shoxobchalarni loyihalash ustida ishlamoqda. Uning ochilishi 2025-yilga mo‘ljallangan.