Alhambra: omad va nafislik ramzi

Me’morchilik va tabiat talqinida

08 Yan 2025
Foto: INSTAGRAM/vancleefarpels

Van Cleef & Arpels zargarlik uyi 1906-yilda Parijda tashkil topganidan beri zargarlik san’atining yuqori darajasiga erishdi. Uning ustalari turli madaniyatlarning o‘ziga xos tabiiy shakllari, afsonalari va meroslaridan ilhomlanib, har bir elementi mashaqqatli mehnat va mukammal did mahsuli bo‘lgan mahsulotlarni yaratadilar. Eng noyob toshlarni saralash va detallarga e’tibor berish brendning har bir bezagini shunchaki aksessuar emas, balki haqiqiy san’at asariga aylantiradi.

Foto: INSTAGRAM/vancleefarpels

Uyning eng mashhur kolleksiyalaridan biri 1968-yilda taqdim etilgan Alhambra bo‘ldi. Uning asosidagi to‘rt bargli sebarga omad, nafislik va farovonlik ramzidir. Oddiy motiv oltin va qimmatbaho toshlar bilan ishlashning murakkab texnikalari tufayli chuqur qayta talqin etildi. Bu taqinchoqlar nafaqat ko‘zni quvontiradi, balki baxt keltiruvchi tumor tuyg‘usini ham yaratadi.

Foto: INSTAGRAM/vancleefarpels

Alhambra bezaklari yangi boshlangan hayotning ramzi sifatida mukammal sovg‘aga aylanadi. Ushbu turkumdagi uzun marjonlar va bilaguzuklar hashamatli tadbirlardagi obrazlar uchun ham, yaqinlar davrasida shinam kechalar uchun ham mos keladi.

Foto: INSTAGRAM/vancleefarpels

Alhambra kolleksiyasidagi taqinchoqlar ko‘plab mashhurlarning tanloviga aylandi. Greys Kelli, Elizabet Teylor, keyinchalik esa Zendaya va Riz Uizerspun bu buyumlarni muhim voqealar uchun tanlaganlar. Bugungi kunda Alhambra o‘zining ko‘p qirraligini tasdiqlab, ko‘plab uslub namunalarining garderobi ajralmas qismiga aylangan.

Foto: INSTAGRAM/vancleefarpels

Van Cleef & Arpels – an’analar zamonaviy g‘oyalar bilan qanday uyg‘unlashishi mumkinligiga yorqin misoldir. Lucky Alhambradagi tabiat motivlari yoki Byzantine Alhambradagi murakkab naqshlar taqinchoqlarni zamonaviy va vaqtga bog‘liq bo‘lmagan qiladi. Bular shunchaki aksessuarlar emas, balki uslub, tarix va albatta omad ramzlaridir. Shu sabab ularni taqib yurgan kishi doimo baxtli bo‘ladi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles