Pomellato: Konservativ zargarlik san’atida inqilob

Rang falsafasi

13 Yan 2025
Foto: INSTAGRAM/pomellato

Pomellato uyi konservatizmdan voz kechib, zargarlik san’ati qonun-qoidalarini qayta ko‘rib chiqmoqda. 1967-yilda dizayner Pino Rabolini tomonidan asos solingan brend an’analar va ilg‘or g‘oyalarni uyg‘unlashtirgan holda hashamat olamiga yangicha nigoh olib kirdi.

Nudo uzuklari minimalistik dizayni va yorqin qimmatbaho toshlar uyg‘unligiga urg‘u berishi tufayli o‘ziga xos maqomga erishdi. To‘plamlarda o‘ziga xoslik va zamonaviy didni ta’kidlaydigan London moviy topazi, tutunsimon kvars va prenit bilan bezatilgan modellarni uchratish mumkin. Brendning noyob xususiyatlaridan biri duplet texnikasi – ma’lum bir burchakda o‘zgaruvchan to‘yingan va g‘ayrioddiy tus hosil qilish uchun ikkita toshni birlashtirish. Bu Pomellato’ga ajoyib va betakror mahsulotlarni yaratib, ranglar bilan tajriba o‘tkazish imkonini beradi.

Foto: INSTAGRAM/pomellato

Toshlarni qirqish texnikasi alohida e’tiborga loyiqdir. Har bir tosh 57 ta qirraga ega bo‘ladi, shu sababli ular uzoqdan silliq va tekis ko‘rinadi, biroq yaqindan qaralganda ularning murakkab tuzilishi va nur o‘yini namoyon bo‘ladi. Bunday nozik detallar Pomellato taqinchoqlarini haqiqiy san’at asarlariga aylantiradi.

Dadil ranglardan tashqari, Pomellato o‘ziga xoslikni qadrlaydigan erkin fikrli ayollarga e’tibor qaratib, hashamatning yangi me’yorlarini yaratdi. Pomellato ayoli – o‘ziga ishongan, zamonaviy ayol bo‘lib, uning uchun taqinchoqlar nafaqat kiyimning bir qismi, balki o‘zini ifoda etish usulidir. Brend ilk bor kundalik hayotga mos keladigan zargarlik buyumlarini taqdim etdi, bu esa qimmatbaho buyumlarni faqat tantanali paytlarda taqish haqidagi an’anaviy qarashni o‘zgartirdi.

Foto: INSTAGRAM/pomellato

Bugungi kunda Pomellato qayta ishlangan oltin va etik usulda qazib olingan toshlardan foydalangan holda mas’uliyatli ishlab chiqarish amaliyotini faol rivojlantirmoqda. Ushbu tashabbuslar brendning ekologik tozalik va ongli yondashuvga intilishini, shuningdek, yanada ongli kelajakka sodiqligini ta’kidlaydi. Sertifikatlangan ta’minot zanjirlaridan foydalanish yondashuvning jiddiyligini tasdiqlaydi.

Brend o‘z merosiga sodiq qoladi, ammo doimo o‘zini namoyon qilishning yangi shakllarini izlaydi. Pomellato kolleksiyalarida klassika va avangard o‘rtasidagi muvozanatni osongina kuzatish mumkin, bu ularni o‘ziga e’tiborni tortishdan qo‘rqmaydiganlar uchun ideal tanlovga aylantiradi. Zargarlik dizaynidagi brend inqilobi an’analar innovatsiyalar bilan uyg‘unlashishi mumkinligini isbotlab, ilhomlantirshda davom etmoqda.

Foto: INSTAGRAM/pomellato

Pomellato brendi faqatgina Majesty zargarlik-soat butgida taqdim etilgan.

Manzil: Toshkent shahri, Shahrisabz ko‘chasi, 2-uy
Telefon: (+998) 99-370-90-90

Hamkorlik materiali.

Maqolani baham ko'ring

Related articles