Vivienne Westwood retrospektiv ko‘rgazmasini ochdi
Brend arxiv va podium buyumlari, shuningdek, zargarlik taqinchoqlarini namoyish etdi
Ko‘rgazma “britaniya brendining kodlari va ruhini o‘rganadi”. Ekspozitsiyada ilk bor so‘nggi 40 yil davomida yaratilgan arxiv va podium buyumlari taqdim etiladi. Tashrif buyuruvchilar moda uyi va zargarlik taqinchoqlari tarixini bilib olishlari mumkin.
Bundan tashqari, ko‘rgazmada arxiv fotosuratlari va videolarini ko‘rish imkoniyati mavjud. Ko‘rgazma 27-aprelgacha Yangi Zelandiyaning Te Papa Tongarewa milliy muzeyida davom etadi.