Demna Gvasaliya San’at va adabiyot ordeniga sazovor bo‘ldi

Mukofotni Fransiyaning madaniyat vaziri — Rashida Dati topshirdi

Foto: INSTAGRAM / DEMNADAILY

Mukofot 1957-yildan beri san’at va adabiyot sohasida faoliyat yurituvchi arboblar va ularning Fransiya va dunyo miqyosida san’at va adabiyot rivoji yo‘lida qo‘shgan salmoqli hissalari uchun beriladi. Gruziyalik dizaynerni fransuz kino va teatr aktrisasi Izabel Yupper qo‘llab-quvvatladi:

Demi uchun moda – bu shunchaki sanoat emas, balki o‘z g‘oyalari, ehtiroslari va o‘ziga xosligini aks ettiruvchi vositadir. Bularning barchasi shunchaki libosdan-da ulkanroq bir narsa. Bularning barchasi uning botinidan so‘zlovchi hikoyalardir”,-- deydi u o‘zining tantanali nutqida.

Marosimni tasmaga tushirgan Renata Litvinova o‘zining Instagram sahifasida “Hech qachon boshqacha hotamga ega bo‘lishi mumkin bo‘lmagan moda olamini bir lahzada o‘zgartirgan yirtiq mayka uchun menimcha ilk marotaba San’at ordeni berilgan bo‘lsa kerak”, deya qayd qildi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles