Ariana Grande va Swarovski

Xonanda hamkorlikdagi ilk kolleksiyasini taqdim etdi

Foto: INSTAGRAM / ARIANAGRANDE

Ariana Grande Swarovski uchun yaratilgan birinchi kolleksiyasini namoyish qildi. Kolleksiyaga jami 16 ta taqinchoq kiritilgan: bilaguzuklar, chokerlar, kaflar, tumorlar va toj.

Kolleksiya “Grandening musiqaga bo‘lgan muhabbatidan ilhomlanilgan” bo‘lib, nota va yurak shakllaridagi taqinchoqlarni o‘z ichiga oladi. Hamkorlik mahsulotlari chiqarilishi munosabati bilan Swarovski Londondagi Harrods, Parijdagi Galeries Lafayette va Dubaydagi Mall of the Emirates’da uchta vaqtinchalik do‘kon ochadi. Xaridorlar uchun tasmalar va kalitbandlar bilan bezatilgan maxsus pushti paketlar tayyorlangan, birinchi mijozlarga esa kristallar bilan bezatilgan pushti sviterlar sovg‘a qilinadi.

 

 

Maqolani baham ko'ring

Related articles