Vicenzaoro 2025: zargarlik buyumlarining eng yirik ko‘rgazmasi qanday o‘tdi

Tadbir 70-marotaba o‘tkazildi

31 Yan 2025
foto: instagram/vicenzaoro

Vicenzaoro ko‘rgazmasi zargarlik sohasidagi eng yirik tadbir hisoblanadi. 2025-yilda u 17-21- yanvar kunlari Vichense shahrida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 30 dan ortiq mamlakatdan zargarlik buyumlari, jumladan, soatlar, qimmatbaho toshlar va vintaj buyumlarni namoyish etuvchi 1300 ta brend vakillari ishtirok etdi.

Bu yilgi ko‘rgazma Crafting the Future (“Kelajakni yaratish”) mavzusiga bag‘ishlanib, zargarlik sanoatida innovatsiyalar va avlodlar vorisiyligi muhimligini ta’kidladi.

foto: instagram/vicenzaoro

Micheletto kompaniyasi tashrif buyuruvchilarni yangiliklarga intilish va yuqori sifatni aks ettiruvchi yangi kolleksiyalar bilan tanishtirdi. Brend an’anaviy mahoratni zamonaviy trendlar bilan uyg‘unlashtirgan nafis mahsulotlari bilan e’tiborni tortdi. Taqdim etilgan to‘plamlar noyob yechimlari va sifatli ishlangani bilan ajralib turdi.

Ispaniyaning Carrera y Carrera zargarlik uyi Vicenzaoro ko‘rgazmasida 135 yillik tarixining mevasini namoyish etdi. San’at, me’morchilik va tabiatdan ilhomlangan buyumlar murakkab hamda ifodali shakllari bilan ajralib turadi, ular Ispaniyaning o‘ziga xosligi, madaniyatini aks ettiradi.

Dizayn va ishlab chiqarishdagi innovatsion yondashuvlari bilan tanilgan Domino kompaniyasi nikoh uzuklari va muhrlarining keng assortimentini taklif qildi. Vicenzaoro Domino ko‘rgazmasida zargarlik san’atida mukammallik va innovatsiyalarga intilish namoyish etildi.

Italiya zargarlik uyi Roberto Coin dunyoning rang-barangligidan ilhomlanib, ranglar va shakllar uyg‘unligida o‘ziga xos uslub hamda mahoratni aks ettiruvchi mahsulotlarni taqdim etdi.

Zargarlik aksessuarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan WOLF kompaniyasi ham Vicenzaoro 2025 da ishtirok etdi. Bella kolleksiyasi zargarlik buyumlarini saqlash va tashish uchun yechimlarni taklif qiladi. Qutilar funksionallik va nafis dizayn uyg‘unligini aks ettiradi. Shuningdek, to‘plam assortimentiga bir nechta ranglarda kosmetika va bezak portfellari kiritilgan. Bundan tashqari, WOLF qayta ishlangan materiallardan yasalgan “Ida sandig‘i” uslubidagi bezak qutisini taqdim etdi.

foto: instagram/vicenzaoro

Vicenzaoro 2025 an’analar va innovatsiyalarni birlashtirgan, shuningdek, soha mutaxassislari o‘rtasida ishbilarmonlik muloqoti va tajriba almashish imkoniyatlarini taqdim etgan holda zargarlik sanoati uchun yetakchi xalqaro platforma maqomini tasdiqladi.

foto: instagram/vicenzaoro

Vicenzaoro doirasida zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishdagi ilg‘or texnologiyalarga bag‘ishlangan T.Gold va vintaj soatlari va taqinchoqlariga e’tibor qaratilgan VO Vintage ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmalari ham bo‘lib o‘tdi. Vicenzaoro ishtirokchilarga yangi kolleksiyalarni birinchi bo‘lib ko‘rish, shuningdek, sohaning asosiy ishtirokchilari bilan aloqa o‘rnatish imkonini beradi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles