Xeyli Biberdan peptid qalam
Parvarishlovchi pardoz vositalari
![](https://elleuzbekistan.com/wp-content/uploads/2025/01/Dizajn-bez-nazvaniya-10-4.png)
Xeyli Bieber Rhode brendi assortimentida yangi narsa – Peptide Lip Shape lab uchun peptid qalam. Reklama kampaniyasida kanadalik qo‘shiqchi Teyt Makrey, shuningdek, modellar Yun Bae, Aner Aney va Mahi Kabra rol o‘ynashgan.
Mahsulotda DNKning qurilish bloklari sifatida ham tanilgan qisqa zanjirli aminokislotalar ishlatiladi. Bundan tashqari, tarkibida egiluvchanlikni ta’minlovchi chirmoviq ekstrakti ham mavjud. To‘plamdada jami 11 ta rang berilgan. Yangi mahsulot allaqachon sotuvga chiqarilgan.