Dior “En route’ ko‘rgazmasini ochdi
Loyiha sayohatlarga bag‘ishlangan
![](https://elleuzbekistan.com/wp-content/uploads/2025/02/x-2.png)
Sayohatlarga bag‘ishlangan ko‘rgazma Vatikanning Apostol kutubxonasida o‘tkaziladi. “En route” (“Yo‘lda”) Mariya Gratsiya Kyurining birinchi shaxsiy ko‘rgazmasi bo‘lib, uni tashkil etishda u Chanakya hunarmandchilik maktabi ustalari va uning direktori Karishma Svali bilan hamkorlik qildi.
Kyurining aytishicha, loyiha moda va sayohat o‘rtasidagi aloqani “XIX asr oxirida Viktoriya davri madaniy stereotiplariga qarshi chiqqan va kiyimlarini o‘zgartirib, dunyo bo‘ylab velosipedda sayohat qilgan oltita ayol sayohatchi tarixidan boshlab” ko‘rsatib beradi.
Dizaynerning ta’kidlashicha, ayollar deyarli 90 kilogramm og‘irlikdagi velosipedlarda sayohat qilishgan, shu sababli ular birinchi navbatda korsetlardan voz kechishgan. Loyiha qahramonlarning joylashuvi hamda tegishli kashta va matolarni belgilab, xaritalarda kiyim evolyutsiyasini kuzatib borgan.