Sabato De Sarno Gucci’dan ketmoqda
Modalar uyi ijodiy direktorning iste’fosi haqida ma’lum qildi
![](https://elleuzbekistan.com/wp-content/uploads/2025/02/x-22.png)
Gucci ijodiy direktor Sabato De Sarno bilan hamkorlikni yakunlayotganini e’lon qildi. Dizayner 2023-yilda Alessandro Mikele o‘rniga kelgan edi.
“Men Sabatoga Gucci’ga bo‘lgan ehtirosli munosabati va sadoqati uchun chuqur minnatdorchilik bildirmoqchiman. Uning Gucci mahorati va merosini fidokorona ulug‘laganini chin qalbdan qadrlayman”, – dedi uy bosh direktori Stefano Kantino.
Kering bosh direktorining brend rivojlanishi bo‘yicha o‘rinbosari Francheska Bellettini shunday fikr bildirdi: “Men Sabatoga sadoqati va kasbiy mahorati uchun samimiy minnatdorchilik bildiraman. Gucci poydevorini yanada mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan faxrlanaman. Stefano va yangi badiiy yo‘nalish buni rivojlanishda davom etadi hamda Gucci’ni yangilangan moda yetakchiligiga va barqaror o‘sishga olib boradi”.