Hailey Bieber Rhode yog’upasini taqdim etdi

Yangi go'zallik mahsuloti oltita rangdan iborat

Hailey Bieberning Rhode kosmetika brendini yangi go’zallik mahsuloti – Pocket Blush nomli yog’upasini taqdim etdi. Yangi mahsulot yonoq, qovoq va lablarga surtiladigan tayoqcha shaklida va cho’ntak o’lchamida bo’ladi. 

Yog’upa yengil shaffof qoplam va pigmentatsiyaga ega. Ular terini parvarish qilishga qaratilgan bo’lib, qo’shimcha namlik va yuqori darajadagi himoyaga ega. Uning tarkibi – peptidlar va tamanu urug’i yog’idan iborat.

Yangi mahsulot oltita rangda mavjud: Piggy – qizaloq pushti, Freckle – neytral shaftoli, Spicy Marg – yorqin marjon, Sleepy Girl – yumshoq binafsha, Juice Box – iliq pushti va Toasted Teddy – bronza terrakotta.

Rhode Pocket Blush yog’upasi 20-iyun kuni sotuvga chiqadi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles