Yozning boshlanishi: Muzqaymoq vaqti!

Shahardagi eng mazali muzqaymoq sotiladigan 5 makon

ELLE Oʻzbekiston kichik tanlov tayyorladi, unda siz kelayotgan yoz mavsumida ushbu sovuq desertning eng noodatiy turlaridan lazzatlanishingiz mumkin!

Qo‘lda tayyorlangan muzqaymoq: Viva Maria

Italyan qaymog‘i va shokoladidan tayyorlangan qo‘lda tayyorlangan muzqaymoq, shuningdek sara pistalar. Tabiiy rezavor mevalar va yangi qovurilgan yong‘oqlar asosida tayyorlanadi.
Lekin, agar siz shakarsiz shirinliklarni afzal ko‘rsangiz, shakar va laktozasiz muzqaymoq va sorbetlarni tanlashingiz mumkin.

Muzqaymoq va Waffles: Giotto

Giotto deganda aqlga nima keladi? Albatta, waffles va italiyalik gelatoning boy tanlovi. Bu yerda muzqaymoq serquyosh Italiyadan olib kelingan haqiqiy mevalar, yong‘oq yog‘i va shokolad bilan tabiiy sutga asoslangan bo‘lib, u o‘zlarining ishlab chiqargan mahsulotidir. Texnologiya va retseptlar asl “gelato” muzqaymoqlarini tayyorlash talablariga va an‘analariga javob beradi.

Juda Sovutadigan: Dolce Italia

Dolce Italia italiyalik gelato muzqaymog‘ini tayyorlashga ixtisoslashgan bo‘lib, unda tabiiy sut va kremdan, shuningdek, yangi mavsumiy mevalardan foydalaniladi. Assortiment turli xil lazzatlarda – klassik sutlidan ekzotik variantlargacha bo‘lgan 40 dan ortiq muzqaymoq turlarini o‘z ichiga oladi. Sevimlilaringizdan birini tanlang!

Savatchadagi Muzqaymoq: Cold Stone

Cold Stone so‘zining o‘zi «sovuq tosh» degan ma’noni anglatadi. Uning diqqatga sazovor joyi shundaki, eng avvalo pishiriq, shokolad, marmelad, qulupnay, buta mevasi kabi quruq moddalar  «sovuq» toshning ustida muzqaymoq bilan aralashtirilgandan keyigina mijozga taklif etiladi.

Glyuten va laktozasiz muzqaymoq: Organic Food

Agar siz glutensiz, shakarsiz va laktozasiz muzqaymoqni afzal ko‘rsangiz, unda siz to‘g‘ri joydasiz! Bu yerda hamma narsa tabiiy: bu muzqaymoqning mevali ta‘mlarida mevalarning haqiqiy pyuresi, shokoladli ta‘mida faqatgina belgiya shokoladi, pista ta‘mida esa faqatgina sof pista ishlatiladi!

Eslatib o‘tamiz, muassasada glutensiz va organik mahsulotlarning keng tanlovi bor!

 

Maqolani baham ko'ring

Related articles