Kann va Venetsiya festivallari

Dastlabki dastur

Foto: INSTAGRAM / FESTIVALDECANNES

Kann va Venetsiya kinofestivallarining dastlabki dasturi e’lon qilindi. Birinchi festivalda Jim Jarmushning “Ota, ona, singil, aka”, Kristofer Makkuorrining “Ilojsiz vazifa: So‘nggi hisob-kitob”, Kirill Serebrennikovning “Yozef Mengelening g‘oyib bo‘lishi” va Ues Andersonning “Finikiya rejasi” filmlari namoyish etiladi.

Richard Linklaterning “Yangi to‘lqin”, Ari Asterning “Eddington”, Spayk Lining “Jannat va do‘zax”, aka-uka Dardenlarning “Yosh onalar”, Yoakim Trierning “His-tuyg‘u qiymati”, Fotih Akinning “Amrum” asarlari premyerasi kutilmoqda.

Venetsiyada Yorgos Lantimosning “Bugoniya”, Benni Safdining “Vayron qiluvchi mashina”, Pak Chan-ukning “Shunday bo‘lib qoldi”, Luka Guadaninoning “Ovdan so‘ng”, Pol Tomas Andersonning yangi filmi, Gilermo del Toroning “Frankenshteyn”, Chloe Zhaoning “Hamnet”, Romen Gavrasning “Qurbon” va Edvard Bergerning “Kichkina qimorboz haqida ballada” asarlari ilk bor namoyish etiladi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles