Sisley X Bloom Beauty taqdimoti

Brend tarixiga sho‘ng‘ish

Hilton mehmonxonasining prezident lyuksida Sisley parvarish va dekorativ fransuz kosmetikasi mahsulotlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Norasmiy muhitda mehmonlar nafaqat mahsulotlar, balki brendning shakllanish tarixi bilan ham tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

 

Marina

Marketing bo‘limining kommunikatsiya bo‘yicha mutaxassisi

“Kompaniya nomining qiziqarli afsonasi bor: brend asoschilari Yuber va Izabel d’Ornano retro avtomobillar sharafiga o‘tkazilgan yig‘ilishda tanishishgan. Ular impressionizm yo‘nalishining mashhurligiga asos solgan va faqat tabiatni tasvirlagan rassom Alfred Sisleyni muhokama qilish paytida bir-biriga xayrixohlik his qilishgan. Shunday qilib, fitokosmetologiya va tabiat bilan bog‘liq nom paydo bo‘lgan.

Biz blogerlar, go‘zallik sohasi ixlosmandlari va bu industriya bilan qiziqqan insonlar bilan yaqindan tanishishni juda xohladik. Rasmiy taqdimotlar juda ko‘p bo‘ladi, biz ham mahsulot tarkibi haqida uzoq gapirishimiz mumkin edi. Ammo oilaviy tarix va oilaviy brend haqida gap ketganda, biz d’Ornano oilasi uyining muhitini yaratib, brend qanday shakllangan va bugungi kunda rivojlanayotganini his qilishlarini xohladik. Sisley – bu shunchaki biznes emas, balki tabiatdan ilhomlangan oila haqidagi hikoya. Biz ham shu ilhomni mehmonlarimiz bilan bo‘lishishni istadik.

Biz norasmiy va erkin muhit yaratishni xohladik, chunki biz uchun eng muhimi nafaqat bilim, balki odamlar bilan bo‘lishadigan hissiyotlar va muhabbatdir”.

 

Sisley Paris trening bo‘limi eksperti Nataliya Abramova tomonidan taqdimot o‘tkazilib, unda fransuz oilaviy kompaniyasining tarixi haqida so‘z bordi. Sisley brendining asosiy xususiyati – fitokosmetologiya bo‘lib, u o‘nlab yillar davomida bu sohada yetakchilik qilib kelmoqda. Bugungi kunda brend besh qit’ada tan olingan bo‘lib, mahsulotlari muntazam ravishda xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘lib kelmoqda. Sisley kosmetikasi dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida taqdim etilgan.

 

Taqdimot va branch muhitida Yuber va Izabel d’Ornano oilasining uyi aks ettirilgan edi. Har bir burchak yangi gullar bilan bezatilgan, stollarga d’Ornano oilasining suratlari joylashtirilgan, kofe hidi esa Sisley parfyumlarining nozik aromati bilan aralashib ketgan edi. Shuningdek, parvarish mahsulotlari, dekorativ kosmetika va sochlar uchun mahsulotlar taqdim etilgan uchta alohida zona tashkil qilindi. Har bir fitokosmetika mahsuloti Aleksey Chebotarev tomonidan taqdim etilib, terining xususiyatlari va yuz turi bo‘yicha tanlab berildi.

 

Aleksey Chebotarev

Milliy MakeUp Artist Sisley 

“Mehmonlar bilan uchrashuv kutilganidek o‘tmoqda. Bizning asosiy maqsadimiz – odamlarni Sisley kosmetikasi bilan tanishtirish va ularga parvarish hamda dekorativ kosmetikani qanday tanlashni o‘rgatish. Sifatli pardoz siri – yaxshi tayyorlangan teri. Sisley mahsulotlari turli xil teksturalar, asoslar va finijlar bilan taqdim etilgan. Shu tufayli har bir mijozning istagiga mos mahsulot topish mumkin.

Bugungi tadbirda parvarish kosmetikasi, dekorativ kosmetika, parfyumeriya va hatto bir nechta yangiliklar ham taqdim etildi. Butun kolleksiya va barcha yangiliklar do‘konlarda mavjud”.

 

 

 

Sisley va Bloom Beauty formati va qadriyatlari haqida Bloom Beauty Shop bosh direktori Darya bilan suhbatlashdik:

“Bu uchinchi branch-tadbirimiz bo‘lib, bu format bizga juda mos keladi. Biz turli blogerlarni taklif qilamiz va bo‘lajak elchilarni ko‘rib chiqamiz. Bunday branchlar nafaqat yaxshi vaqt o‘tkazish, balki netvorking, tanishuvlar va ilhom olish imkoniyatidir.

O‘ylashimcha, avvalgidek shunchaki taqdimot tinglab o‘tirish endi qiziqarli emas. Muloqot, branch, mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish formati esa – jonli va ajoyib. Sisley’ni qanday va nima uchun sotishimizni tushunish muhim. Sisley bilan hamkorligimiz juda mos tushdi, chunki biz ham oila, muhabbat va go‘zallik haqida gapiramiz. Biz imkonsiz narsalarni yaratishni xohlaymiz va buni uddalayapmiz, deb o‘ylayman”.

 

Taklif qilingan mehmonlar o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdilar:

 

Lobar Ahmadjonova

Foydali Suhbat podkasti va Zamonaviy o‘zbek ayoli davri forumi asoschisi!

EVENSWISS Shveysariya kosmetikasining O‘zbekistondagi vakili

“Tadbir juda qiziqarli o‘tdi. Format ham, brend tarixi ham yoqdi. Mahsulot sifati va brendning maqsadi haqida ma’lumot berish juda muhim, shunda bizning ayollarimiz boshqa mamlakatlarda ham bu brendlarni bilishadi va ulardan foydalanishdan qo‘rqmaydilar.

Meni nazarimda, bugungi tadbirdan so‘ng bu yerga kelganlarning barchasi brend haqida ko‘proq bilib, kosmetikani sotib olishga shoshilishadi.

Bugun mahsulotlarni sinab ko‘rish imkoniyati ham bor edi va men bu imkoniyatdan albatta foydalanaman.”

 

Diana Rahmatullayeva

“Men tadbirdan go‘zal ayollar, iliq va chiroyli muhit kutgan edim. Va bugun buni aynan shu yerda topdim. Men uzoq yillardan beri Sisley mahsulotlarining ashaddiy muxlisiman va shu kabi brunch-tadbirda ikkinchi marta qatnashmoqdaman.

Bugun men Sisley vakillari bilan yaqindan tanishdim. Bloom bilan esa biz bir necha yillardan beri hamkorlik qilib kelamiz. O‘zimizning bozorimizda yangi brendlarning paydo bo‘lishi esa uning rivojlanayotganidan darak beradi.

Bugungi tadbirdan kutilganimdan ham ko‘proq taassurot oldim!”

 

Ushbu branch nafaqat kosmetika mahsulotlari taqdimoti, balki qadriyatlar va g‘oyalarni birlashtirish, hayotga bo‘lgan qarashlarni o‘rtoqlashish hamda d’Ornano oilasi tarixi bilan yaqindan tanishish imkoniyatini ham taqdim etdi.

Foto: Dmitriy Shvets

Maqolani baham ko'ring

Related articles