Fendi 2025-yil kuz-qish mavsumi kolleksiyasini namoyish etdi
Fendining 100 yillik yubileyi

Silviya Venturini va dizayn jamoasi brend yubileyini 85 ta libosdan iborat to‘plam namoyishi bilan nishonladi. Ko‘rgazma brendning 100 yilligi munosabati bilan ta’mirlangan butik va besh opa-singil Fendilar atelyesi joylashgan tarixiy binoda o‘tkazildi.
Silviya Venturini oilaviy suratlardan ilhom olgan. Shu munosabat bilan namoyishga taklif sifatida kichik fotoalbomlar tarqatildi – suratlardan birida 6 yoshli Silviya brend reklama kampaniyasi uchun Karl Lagerfeld oldida turgani aks ettirilgan. 1966-yili o‘sha paytda Fendini boshqargan Lagerfeld undan podiumda yurishini so‘ragan edi. Milan moda haftaligi doirasidagi namoyishni ochish uchun Silviya 6 yoshli nabiralari Tatsio va Dardoni taklif etdi.

foto: SPOTLIGHT / Fendi

foto: SPOTLIGHT / Fendi
Kolleksiyada Silviya Uyning erkaklar va ayollar yo‘nalishlarini uyg‘unlashtirdi. “Men turli o‘n yilliklarga murojaat qildim, ammo aynan bir davr bilan cheklanib qolishni istamadim. Chunki chiroyli narsa – har doim chiroyli bo‘lib qolaveradi”.
Paltolar, mo‘ynali paltolar va bir xil rangdagi kostyumlar, qomatni ta’kidlovchi jaketlar va keng yubkalar, yelkalari tushirilgan charm ko‘ylaklar, rangli toshlar bilan bezatilgan naqshlar, bir necha turdagi “baget” sumkalar, pastel va sut ranglar hamda hatto bej rang kolgotkalar – bularning barchasi Fendining 2025-yil kuz-qish mavsumi yubiley liniyasida o‘z aksini topgan.

foto: SPOTLIGHT / Fendi

foto: SPOTLIGHT / Fendi

foto: SPOTLIGHT / Fendi

foto: SPOTLIGHT / Fendi

foto: SPOTLIGHT / Fendi

foto: SPOTLIGHT / Fendi

foto: SPOTLIGHT / Fendi

foto: SPOTLIGHT / Fendi