LALI brendi 2025-yil kuz-qish mavsumi uchun kutyur kolleksiyasini namoyish etdi

Markaziy Osiyoning hunarmandlar yaratgan merosi.

19 Iyun 2024

LALI brendi Art Deco uslubining estetikasidan ilhomlangan holda kutyur kolleksiyasini taqdim etdi. Fil suyagi rangidagi ko‘ylaklar va shimlar pillaga o‘xshaydi. Payetka bilan bezatilgan vintaj to‘rlari, to‘qilgan bosh bezaklari va to‘rli kolgotkalar orqali qo‘lda ishlangan merosga urg‘u berilgan.

«Bizning ustuvor vazifamiz Oʻzbekistonning hunarmandchilik va toʻqimachilik merosini qoʻllab-quvvatlash va qayta tiklashdan iborat. Biz atelye va ustaxonalarimiz ishining barcha bosqichlarida barqaror ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratamiz», – deydi brend asoschisi Lali Fazilova.

Fotosuratlar LALI uyi matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan

To‘plamdan Marg‘ilonda Lali va brend hunarmandlarining asl eskizlari asosida yaratilgan adras va shoyi matolarining naqshlari o‘rin olgan. Kolleksiya shuningdek, qayta ishlatish va ehtiyotkorlik bilan qayta tiklash orqali tayyorlangan vintaj suzanalarni ham o‘z ichiga oladi.

«Bunday qadimiy tikuv texnikalarni, yo‘qolgan naqshlar va qirqimlarni doimiy o‘rganishimiz LALI modalar uyini Sharq tikuvchilik an’analarini ulug‘laydigan maydonga aylantiryapti. Oʻylaymanki, bu bilan biz nafaqat Oʻzbekistonda, balki butun Markaziy Osiyoda yoʻqolib borayotgan etnik moda motivlarini saqlab qolishga hissa qoʻshamiz», – deydi Lali Fazilova.

Fotosuratlar LALI uyi matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan

Aksessuarlar toʻplamining shakli oʻzbekning anʼanaviy «kalish»iga oʻxshagan poyabzallar va qadimiy tumorlardan ilhomlangan holda yangilangan uchburchak «Tumor» sumkalari bilan toʻldirildi.

To‘plam shu kunlarda LALI uyidagi ko‘rgazma zalida taqdim etilgan.

Fotosuratlar LALI uyi matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan

Maqolani baham ko'ring

Related articles