Cyber Qiz

Ta’lim platformasi

Foto: QIZLAR COLLECTIVE

Qizlar Collective 11-aprel kuni Meros Gallery’da “Cyber Qiz”ning yopiq taqdimotini o‘tkazadi. Ommaviy taqdimot iyun oyiga rejalashtirilgan. “Cyber Qiz” – O‘zbekiston va Markaziy Osiyo qizlari hamda ayollarining bilim olish imkoniyatlarini kengaytirishga mo‘ljallangan bepul ta’lim platformasi hisoblanadi. Loyiha STEAM va ijodiy sanoat yo‘nalishlari bo‘yicha video darslar va ilmiy qo‘llanmalar kutubxonasini taqdim etadi. Kurslar mahalliy mutaxassislar tomonidan yaratilgan bo‘lib, o‘zbek, qoraqalpoq, tojik, rus va o‘zbekcha imo-ishora tillarida mavjud. Bu esa til, moliyaviy va texnologik to‘siqlarni bartaraf etishga yordam beradi.

Loyihaning maqsadi STEAM sohasidagi karyera haqidagi noto‘g‘ri tasavvurlarni yo‘q qilish, ayollarni ruhlantirish va mintaqaning raqamli hamjamiyatini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Maqolani baham ko'ring

Related articles