Xalqaro jaz festivali

Yillik tadbir

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

Toshkentda Xalqaro jaz festivali o‘tkaziladi. Festival konsertlari “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi orqasidagi ochiq sahna maydonida bo‘lib o‘tadi. Festival YUNESKOning tashabbusi bilan “Xalqaro jaz kuni”ga bag‘ishlanadi.

Festivalda Fransiya, Indoneziya, Shveysariya, Isroil va Polshadan kelgan ijodiy jamoalar va ijrochilar qatnashadi. Dastur doirasida saksofonchi Pavel Gusnar Alibek Kabdurahmonov rahbarligidagi O‘zbekiston milliy simfonik orkestri bilan birgalikda chiqish qiladi.

Festival dasturi:

29-aprel soat 19:30 da - Sven Hammond Big Band;
30-aprel soat 19:30 da - Glenn Miller Orchestra;
1-may soat 19:30 da - Salvador Sobral;
2-may soat 19:30 da - Peter Bence;
3-may soat 19:30 da - Jeremy Ternoy Trio;
4-may soat 19:30 da - O‘zbekistonlik jaz musiqachilarining terma konserti;
5-may soat 19:30 da - LRK Trio;
6-may soat 19:30 da - Maya Azucena;
7-may soat 19:30 da - Pavel Gusnar va O‘zbekiston milliy orkestri;
8-may soat 19:30 da - Shalosh;
9-may soat 19:30 da - Jazzirama;
10-may soat 19:30 da - Chris Botti;
11-may soat 19:30 da - Ruman Angklung feat Arunika Anglung;
12-may soat 19:30 da - JAH Trio;
12-may soat 20:30 da - Alpha-Ray band;
13-may soat 19:30 da - Spice’n’Space.

Konsertlarga kirish bepul.

Maqolani baham ko'ring

Related articles