Mytheresa va Pucci

O‘rta yer dengizi shavqi

Foto: INSTAGRAM / EMILIOPUCCI

Pucci x Mytheresa kapsula kolleksiyasi O‘rta yer dengizining moviy ranglaridan ilhom olgan. Ko‘rgazmada zamonaviy talqin etilgan ikkita arxiv naqsh – Marmo va Orchidee namoyish etildi.

Birinchisi 1968-yilda Emilio Puchchining Kapriga sayohatidan so‘ng yaratilgan bo‘lib, dengiz to‘lqinlaridagi quyosh nurlarini aks ettiradi. Ikkinchisi esa mavhumroq – orxideyalardan ilhomlangan.

Kolleksiyada yengil maksi-ko‘ylaklar, kaftanlar, zamonaviy kostyumlar va cho‘milish kiyimlari mavjud.

Maqolani baham ko'ring

Related articles