Textile Expo 2025
To‘qimachilik ko‘rgazmasi

“O‘zekspomarkaz”da uch kunlik Textile Expo 2025 xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Mazkur ko‘rgazma to‘qimachilik sohasidagi ishlab chiqaruvchilar, xaridorlar va mutaxassislarni bir joyga jamlaydi. Uning asosiy maqsadi sohaning eng so‘nggi yutuqlarini namoyish etishdan iborat.
Ishtirokchilar orasida gazlama, uy-ro‘zg‘or to‘qimachiligi, kiyim-kechak va aksessuarlar ishlab chiqaruvchilarini uchratish mumkin. Tashrif buyuruvchilar uchun moda namoyishlari va foydali maslahatlar taqdim etiladi. Shuningdek, turli mamlakatlardan kelgan ishlab chiqaruvchilar, mutaxassislar, dizaynerlar, stilistlar va modelyerlar to‘qimachilik sanoatining so‘nggi tendensiyalarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.