Celine mashg‘ulotlar uchun sport kapsulasini ishlab chiqardi
Hashamatli Pilates uskunasi bilan bir komplektda
Fransiyaning Celine brendi Pilates uchun maxsus kolleksiya chiqardi. Unda sport zali aksessuarlari va eksklyuziv Pilates trenajyor uskunasi ham mavjud. Cheklangan miqdordagi kolleksiyani model Kaia Gerber taqdim qildi.
Kolleksiya qoʻl uchun ogʻirliklar, giryalar, yoga uchun gilamcha va uskunani oʻz ichiga oladi. Bundan tashqari, kolleksiyada legginslar, shortilar, mashgʻulotlar uchun ichki kiyim, soch bogʻlamlari, sport zali sumkasi va suv idishi mavjud. Barcha atributlar Celine Triomphe monogrammasi bilan bezatilgan.
To'plam oktyabr oyida sotuvga chiqadi. Ilgari ham Celine turmush tarzi buyumlarini ishlab chiqargan: surf taxtalaridan parfyumeriya futlyarlarigacha.