Byork va Lami
Circa Prize 2025 mukofoti

Qo‘shiqchi Byork va fransuz madaniyati hamda moda arbobi Mishel Lami yosh rassomlar uchun Circa Prize 2025 yillik mukofotini e’lon qildilar. Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 20-iyungacha qabul qilinadi. Jami 30 nafar finalchi tanlab olinadi. Ularning asarlari bir oy davomida Londondagi Piccadilly Lights festivalida namoyish etiladi. G‘olib rassom amaliyot uchun 40 ming funt sterling (taxminan 53,5 ming dollar) miqdoridagi pul mukofoti va Ay Veyvey tomonidan ta’sis etilgan maxsus sovrinni qo‘lga kiritadi.