Tarixga ega taqinchoqlar

Vintaj topilmalar yana urfda

20 May 2025
fotо: nationalgallery.org.uk

Bugungi kunda tobora ko‘proq odamlar modada o‘ziga xos narsalarni – xarakterli, tarixli, kayfiyatli buyumlarni izlashmoqda. Vintaj taqinchoqlar aynan shu toifaga kiradi. Bu shunchaki aksessuarlar emas – ularning o‘z tarixi bor va ularni taqib yurgan odam haqida ko‘p narsalarni aytib bera oladi.

“Vintaj” degani nimani anglatadi?

Vintaj deb yigirma yildan ortiq vaqt oldin yaratilgan taqinchoqlarga aytiladi. Bu buyumlarda u yaratilgan davr ruhi aks etgan: Edvard davrining nafis to‘g‘nag‘ichlaridan tortib, dadil art-deko kulonlari va 70-yillarning ifodali retro aksessuarlarigacha.

Ko‘pgina vintaj taqinchoqlar hozir ham zamonaviy ko‘rinadi. Ular o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydi, chunki ular qalb bilan, muhabbat bilan yaratilgan.

Ziynatlarga jo bo‘lgan tarix 

Cartier Tutti Frutti – abadiy ar-deko 

Hashamat, dadillik va sharqona ohanglar. 1920-yillarda yaratilgan Cartier Tutti Frutti kompaniyasining mashhur kolleksiyasini aynan shunday tasvirlash mumkin. Yorqin toshlar va g‘ayrioddiy mozaika uslubi – bularning barchasi kolleksiyadagi taqinchoqlarni nafaqat o‘sha davr, balki bugungi kunda ham ramziy manoga ega.

foto: Cartier.com

Chanel va uning kameliyasi – zamondan tashqari ayollik ramzi

1950-yillar bizga Chanel’ning klassik ramzi – kameliyani taqdim etdi. Bu gulli to‘g‘nog‘ichlar hali ham nafislik namunasi hisoblanadi. Ular bizga Koko ishongan o‘sha “nomukammal mukammal ayol’ – erkin, kuchli, hissiyotli ayol haqida so‘zlab beradi.

foto: lesmerveillesdebavellou.com

Chaumet Joséphineortiqcha bezaklarsiz, faqat nafislik

Napoleonning rafiqasi timsolidan ilhom olingan taqinchoqlar toshlar bilan nozik va nafis ishlashni o‘zida mujassam etgan bo‘lib, “aristokratiya” so‘zi bilan xayolimizga keladigan o‘sha klassik qiyofani ifodalaydi.

foto: Chaumet.com

Georg Jensen – butun dunyoni zabt etgan Skandinaviya minimalizmi

Daniya, 1950-yillar. Georg Jensen’ning oqqush shaklidagi oltin kuloni Skandinaviya falsafasining haqiqiy ifodasi: chiroyli – bu oddiy. Oddiy – bu chiroyli.

foto: Antikvitet.net

Haqiqiy vintaj qanday aniqlanadi?

Birinchisi – og‘irligi. Haqiqiy vintaj taqinchoqlar qo‘lga olinganda seziladi: asl metallar, sifatli ishlangan, hech qanday “bo‘shliq” yo‘q. Tamg‘alar, belgilar, o‘ymalarga e’tibor bering. Tekis chiziqlar, puxtalik va zamonaviy ishlab chiqarish izlarining yo‘qligi – bularning barchasi haqiqiy vintajni anglatadi.

Sertifikatlar va hujjatlar – bu qo‘shimcha afzallik, lekin asosiysi, buyumni ko‘rganda yuragingiz “jiz” etishi kerak. Ba’zida shunchaki taqinchoq tasodifiy emas, balki aynan kerakli ekanligini his qilasiz.

Vintaj parvarishi

Asosiy qoida – ehtiyotkorlik. Taqinchoqlarni alohida, yaxshisi yumshoq g‘ilofda saqlash kerak. Boshqa narsalar bilan ishqalanishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Faqat yumshoq cho‘tka yoki quruq mikrotola mato bilan tozalang. Hech qanday agressiv vositalar ishlatmang. Agar jiddiy ta’mirlash kerak bo‘lsa, buni mutaxassislarga ishonib topshirgan ma’qul.

Vintajning mohiyati nimada?

Vintaj taqinchoqlar – bu o‘zingizni ifoda etishning bir usuli. Nafaqat tashqi ko‘rinishni bezash, balki unga shaxsiy, o‘ziga xos nimadir qo‘shish. Bu hatto eski bozordan topilgan to‘g‘nog‘ich yoki meros bo‘lib qolgan uzuk ham bo‘lishi mumkin. Bunday taqinchoqlarning har biri o‘ziga xos “tarix” bo‘lib, har qanday qiyofaga betakror ma’no bag‘ishlaydi.

20 May 2025
Maqolani baham ko'ring

Related articles