Beauty Expo Uzbekistan 2025
Xalqaro go‘zallik sanoati ko‘rgazmasi

“O‘zekspomarkaz”da 4-6-iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasida Beauty Expo Uzbekistan 2025 xalqaro ixtisoslashtirilgan go‘zallik sanoati ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Ko‘rgazma ikki sohaga bo‘lingan: Beauty Expo va Salon Expo.
Ko‘rgazma quyidagi asosiy yo‘nalishlarga bag‘ishlangan:
yuz va tana parvarishi vositalari;
soch parvarish vositalari;
pardoz-andoz mahsulotlari;
atir-upalar;
zargarlik buyumlari va aksessuarlar;
xom ashyo va qadoqlash materiallari;
maishiy kimyo mahsulotlari;
kosmetologik jihozlar va asboblar;
yuz va tana parvarishi uchun professional kosmetika;
sartaroshxona jihozlari va anjomlari;
plastik jarrohlik uchun uskunalar, asboblar va materiallar.