Masar brendining «Lag‘mon» kolleksiyasi

O‘zbeklarda “Qulog‘ingga lag‘mon ilma” deyishadi. Masar brendi esa ildi. Buni did bilan, kinoya va o‘z ildizlariga hurmat ko‘rsatib amalga oshirdi.

Каждый предмет на этой странице был выбран редактором ELLE. Мы можем получать комиссионные за некоторые из товаров, которые вы решите купить.

“Lag‘mon” kolleksiyasi O‘zbekistonning zamonaviy o‘ziga xosligining nozik zargarlik ramzidir. Haykaltaroshlik shakllari go‘yo havo va harakatdan to‘qilgandek: uy lag‘monidek dumaloq; Chorsu bozoridagi shovqindek oqib o‘tuvchi; sharqona ravoqlardek ochiq bo‘lib, nur va ma’no kiritadi.

Qadimiy ayvonlar me’morchiligini eslatuvchi nozik uzuklar mahalla naqshinkor karnizlarining ohangini takrorlab, nafis chiziqlarni chizadi. Oltin ziraklar xuddi raqsga tushayotgan lag‘mon ipchalariday, siz bilan birga mayin harakatlanib, yengillik va erkinlikni ta’kidlaydi. Spiral shaklidagi uzuk shunchaki taqinchoq emas, balki XXI asrning yangicha, dadil talqini bilan uyg‘unlashgan an’analarning abadiy aylanmasining ramzidir.

“Lag‘mon” – bu o‘tmish va kelajak, mahalliy va global dunyo o‘rtasidagi harakat qissasi. Madaniyatning dizaynga aylanishi va dizaynning avlod ovoziga aylanishi haqidagi hikoya.

O‘z ildizlarini faxr bilan ko‘tarib yuruvchi va ularni uslubga aylantiruvchilar uchun yaratilgan kolleksiya.

Fotо: Instagram/ Masar_Jewellery

Maqolani baham ko'ring

Related articles