Jacquemus’ning Le Paysan kolleksiyasi tizeri
Dizaynerning bolaligiga oid ishora

Jacquemus kelgusi Le Paysan kolleksiyasining tizerlarini e’lon qildi. Simon Port Jakmyus bu kolleksiyani o‘z oilasi, ajdodlari va o‘zi ulg‘aygan joyning madaniyatiga bag‘ishlagan. Le Paysan nomi fransuz tilidan "Dehqon" deb tarjima qilinadi va dizaynerning Malmor qishlog‘idagi ota-onasining fermasida o‘tgan bolaligiga ishora qiladi.
Namoyish 29-iyunda bo‘lib o‘tadi.