Har purkashda yangilik
Mistlar nima uchun kerak va ularni parvarishga kiritish nima uchun muhim?

Yengil va vaznsiz yuz misti – zamonaviy go‘zallik tartibining haqiqiy zaruratidir. U nafaqat issiq kunda terini tetiklashtiradi, balki unga bir zumda namlik beradi, atrof-muhit ta’siridan himoya qiladi va pardozni mukammal saqlashga yordam beradi. Agar SPFli mist tanlasangiz, bu og‘ir kremlarsiz va yopishqoq tuzilmasiz qulay quyosh himoyasini ham ta’minlaydi. ELLE O‘zbekiston nima uchun mistlar har kuni yorqin va parvarishlangan ko‘rinishni xohlovchilar uchun maxfiy vositaga aylanganini hikoya qiladi.
Mist nima uchun kerak?
Teri doimo tashqi ta’sirlarga – quyosh, shamol, konditsionerlangan havo va ifloslanishlarga duch keladi. Mist darhol namlik muvozanatini tiklaydi, qichishishni bartaraf etadi va terining umumiy holatini yaxshilaydi. U oson qo‘llaniladi va kunning istalgan vaqtida – terini yangilash yoki keyingi parvarish bosqichiga tayyorlash uchun ishlatish mumkin.

fotо: instagram \ @laroscheposay
Mistlarning asosiy vazifalari:
- Kuchli namlantirish – ayniqsa quruq yoki issiq iqlimda quruqlik va taranglikdan saqlaydi.
- Terini tonlash – yuzga tetik va dam olgan ko‘rinish beradi, g‘ovaklar torayishiga yordam beradi.
- Qichishish va qizarishni yo‘qotish – quyosh yoki boshqa ta’sirlovchi omillardan keyin terini tinchlantiradi.
- Pardozni mustahkamlash – pardozning chidamliligini oshiradi va uning oqib ketishini oldini oladi.
- Quyoshdan himoya – ba’zi mistlarda zararli ultrabinafsha nurlaridan qo‘shimcha himoya qiluvchi SPF filtrlari mavjud.
Mistlarning qanday turlari bor?
- Termal mistlar – minerallar va mikroelementlar bilan, sezgir teri uchun juda mos keladi.
- Namlovchi – gialuron kislotasi va o‘simlik ekstraktlari bilan, terini namlik bilan to‘yintiradi.
SPF tarkibli – quyoshdan himoyalanishni ta’minlaydi, bu ayniqsa yozda va ko‘chada uzoq vaqt bo‘lganda juda muhim.

fotо: instagram \ @dalba_global
Mistlarni pardoz sumkachasiga qo‘shish kerakmi?
Ular ko‘p qirrali va foydalanishga qulay – har qanday teri turi va kunning istalgan vaqti uchun mos keladi. Bu terini og‘irlashtirmaydigan, g‘ovaklarni berkitmaydigan va boshqa parvarish vositalari bilan ajoyib tarzda uyg‘unlashadigan yengil vositadir.
Ayniqsa, terini tetiklashtirish va bir vaqtning o‘zida uni ultrabinafsha nurlanishdan himoya qilish imkonini beruvchi SPF tarkibli mistlar juda dolzarbdir – qo‘shimcha krem surtish shart emas.
Mistni kundalik parvarishga kiritish teringizga qo‘shimcha qulaylik, yangilik va himoya berish demakdir, ayniqsa yoz mavsumida va quruq havoli xonalarda.