O‘zbekiston ayollar futbol terma jamoasi

Jamoa Osiyo kubogi finaliga chiqdi

Foto: instagram / jonimkulova.16

Hal qiluvchi o‘yinda futbolchilar Nepal ustidan g‘alaba qozonib, 2026-yilda Avstraliyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi final bosqichiga yo‘l oldi. Kotrina Kulbite murabbiyligidagi O‘zbekiston ayollar terma jamoasi so‘nggi 23 yil ichida ilk bor ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Nepal terma jamoasiga qarshi hal qiluvchi o‘yindan so‘ng bosh murabbiy Kotrina Kulbite o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

“O‘yinni juda yaxshi boshladik va o‘zimizni yaxshi ko‘rsatdik. Ammo keyin qizil kartochka oldik. Chetlatishdan keyin biz uchun o‘yin tugadi, deyish ham mumkin edi. To‘g‘risini aytsam, jamoamning o‘yinidan qoniqmadim. Bu so‘nggi paytlarda biz ko‘rsatgan eng yomon ikkinchi taym bo‘ldi. Nima bo‘lganda ham yo‘llanmani qo‘lga kiritdik. Bu ayollar futboli uchun katta natija”.

Maqolani baham ko'ring

Related articles