Millionlar evaziga Birkin
Jeyn Birkin sumkasi auksionda rekord o‘rnatdi

Parijda Jeyn Birkinning asl Birkin sumkasi rekord darajadagi 8,6 million yevroga sotildi. 1984-yilda yaratilgan bu model nafaqat uslub ramziga, balki madaniy meros namunasiga ham aylandi. Eski ko‘rinishi va vaqt izlari bu buyumga alohida qimmat baxsh etadi, uning tarixi esa uni moda dunyosining nodir yodgorligiga aylantiradi.