Dior kuz-qish 2024 kutyur kolleksiyasini taqdim etdi
Sport va yunon ma’budalari.
Fransuz moda uyining kreativ dizayneri Maria Grazia Chiuri 2024 yilning kuz-qish kutyurye toʻplamida ayollarni stereotiplardan xalos qilishga ahd qildi. Yuqori moda qoidalari korsetlar bilan bogʻliq, ammo Chiuri badanni ortiqcha elementlardan “ozod qilishga” qaror qildi.



Kolleksiyaning ilhomi Alice Milliat boʻldi. Ma’lumki, Alice greblya bilan shugʻullangan birinchi ayollardan edi, yengil atletikaning Olimpiya oʻyinlariga 1928-yilda qoʻshilishi Alice Milliat sharofati bilan sodir boʻldi.



