Fransuz moda uyining kreativ dizayneri Maria Grazia Chiuri 2024 yilning kuz-qish kutyurye toʻplamida ayollarni stereotiplardan xalos qilishga ahd qildi. Yuqori moda qoidalari korsetlar bilan bogʻliq, ammo Chiuri badanni ortiqcha elementlardan “ozod qilishga” qaror qildi.
Olimpiya oʻyinlari arafasida Maria kolleksiyani yunon ma’budalarini eslatuvch liboslar bilan toʻldirdi. Peplos, yengil bichilgan libosni 1948-yilda Cristian Dior shifondan yasagan. Bu liboslar ham Maria Grazia moodbordida yana bir bor jonlandi.
Maria Grazia sport kiyimini ham boshqa talqinda taqdim etdi. Gender tengligi mavzusiga bu kolleksiyada urgʻu berildi.
Kolleksiyaning ilhomi Alice Milliat boʻldi. Ma’lumki, Alice greblya bilan shugʻullangan birinchi ayollardan edi, yengil atletikaning Olimpiya oʻyinlariga 1928-yilda qoʻshilishi Alice Milliat sharofati bilan sodir boʻldi.
Sport va yunon ma’budalari mavzularini birlashtirib Dior jamoasi futbolka va borsovkalarga strazalarni qoʻshdi, shoyi trikotaj, ichki kiyim, oq-qora uzun koʻylaklarni yaratib bu liboslarni drapirovka va gʻijim shoyi elementlar bilan toʻldirdi. Koʻrgazmada shimlar ustidan ikki qavatli yubkalar kiyildi. Tilla tusdagi, yunoncha motivlarda tayyorlangan keypli koʻylaklar va bundan tashqari suzish kiyimlari Dior kuz-qish 2024 kolleksiyasidan joy oldi.
Kendall Jenner ilk bor Venetsiya kinofestivalining qizil yo‘lagida paydo bo‘ldi. Model o‘z debyuti uchun Giorgio Armani’ning 1995-yil kuz-qish kolleksiyasidan arxiv libosini…
Moda shovqindan charchadi So‘nggi yillarda kiyinish ba’zan sizsiz ancha oldin boshlangan suhbatga qo‘shilishga urinishdek tuyulardi. Har safar yangi mikrotrend, navbatdagi…
ELLE Oʻzbekiston oilasi aʼzosiga aylaning!
ELLE yangiliklariga obuna bo’ling hamda moda va go’zallik olamidagi eng muhim voqealar to’plamini kuzatib boring.