“Garri Potter”ning yangi aktyorlar tarkibi
Taniqli aktyorlar ma’lum bo‘ldi

Joan Roulingning fantastik asari asosidagi teleserial moslashtirilishi “Garri Potter va falsafa toshi” kitobiga asoslangan birinchi mavsumda asosiy rollarni ijro etadigan yangi aktyorlarning nomlarini e’lon qildi.
Ketrin Parkinson – Molli Uizli rolini, Loks Pratt – Drako Malfoy rolini, Jonni Flinn esa Lyutsius rolini ijro etadi. Leo Erli – Sheymus Finnigan, Alessiya Leoni – Parvati Patil, Sienna Musa esa Lavanda Braun obrazida namoyon bo‘ladi. Bel Pauli – Petunya Dursl, Deniel Rigbi – Vernon, Berti Karvel esa Kornelius Faj rollarini o‘ynaydi.
Avvalroq bosh rollarni Dominik Maklaflin, Arabella Stenton va Alaster Staut ijro etishi, “Garri Potter” serialidagi Durslilar oilasi rollarini esa Bel Pauli va Deniel Rigbi o‘ynashi ma’lum bo‘lgan edi.
?hl=ru&img_index=1