Sidni Suini – Jeyms Bondning yangi qizi
Aktrisa bosh rolni olishi mumkin

Sidni Suini Jeyms Bondning keyingi qizini o‘ynashi mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, Suini hozircha rol uchun asosiy da’vogar hisoblanadi. Amazon MGM Studios iyun oyida Jeyms Bond haqidagi yangi filmni “Dyuna”, “Tig‘ ustida yuguruvchi 2049” va “Kelish” kabi filmlari bilan tanilgan rejissyor Deni Vilnev suratga olishini rasman e’lon qildi. Rejissyor aktrisani nihoyatda iste’dodli, shuningdek, “yosh avlod uchun jozibador”, deb baholaydi. Bu taxminlar Vilnevning aktrisa haqidagi ijobiy fikrlari va Suinining tez sur’atda yuksalayotgan aktyorlik faoliyatiga bo‘lgan chuqur qiziqishi bilan yanada kuchaymoqda.