Dua Lipa o‘zining Porsche’sini sotmoqda
Tushum Sunny Hill Foundation jamg‘armasiga yo‘naltiriladi

Dua Lipa Porsche kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan noyob Porsche 911 GT3 RS’ni xayriya kimoshdi savdosiga qo‘ydi. Dua Lipa Rennstall deb nomlangan avtomobil modeli Monako Gran-prisida namoyish etilgan bo‘lib, o‘zining yorqin dizayni bilan ajralib turadi. Dizayn uchun san’atkorning sahna liboslari ilhom manbai bo‘lgan: qizil, oltin va yashil bezaklari bor feruza rang kuzov.
Sotuvdan tushgan barcha mablag‘ Lipa tomonidan Kosovoda san’at va ta’limni qo‘llab-quvvatlash uchun tashkil etilgan Sunny Hill Foundation jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.